Aybsizlik prezumpsiyasiga oid normalar takomillashtirilyapti
Prezident tomonidan «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Jinoyat-protsessual kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Shuningdek qonun qo‘llanayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
Agar shaxsning o‘z aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin.
Ushbu o‘zgartirishlar qonunchilikni Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Mavzuga oid

16:00 / 01.03.2023
“Aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilinishi kerak” - “Uzavtoyo‘lbelgi” korxonasi OAVda chiqqan xabarlarga munosabat bildirildi

17:54 / 21.04.2021
Maktab oldidagi qurilishga qarshi chiqqan direktorga jinoyat ishi ochildi. Prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzdi

17:10 / 13.12.2019
Huquqshunos maslahati: Organ xodimi to‘xtatganda nimalarga amal qilish kerak?

20:15 / 06.02.2019