O‘zbekiston | 15:00 / 13.06.2025
1352
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda islomiy moliya rivojlanmoqda: APEX BANK va EEFU 10 mln dollarlik kelishuvga erishdi

IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida APEX BANK va O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi (EEFU) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Foto: APEX BANK

APEX BANK va O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi hududida kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Imzolangan hujjatga ko‘ra, tomonlar islomiy moliyalashtirish me’yorlariga muvofiq 10 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qilishga kelishib oldilar. Moliyaviy mablag‘lar tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesning barqaror o‘sishiga ko‘maklashish va islom standartlari doirasida muqobil moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Ushbu qadam APEX BANK’ning mahsulot liniyasini diversifikatsiya qilish va mijozlarning madaniy va diniy tamoyillariga mos keladigan yechimlarni taklif etishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Amalga oshirish uchun xalqaro islom moliyasi amaliyoti talablariga javob beradigan islomiy shartnomalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

"Ishonchimiz komilki, O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish nafaqat yangi mijozlar uchun imkoniyat, balki mamlakatning barqaror moliyaviy tizimiga hissa qo‘shishdir. EEFU bilan hamkorlik bizga bu yo‘nalishda professional va izchil harakat qilish imkonini beradi," - dedi APEX BANK Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sharof Ikramov.

Hamkorlik bitimlarni tuzish, islomiy shartnomalar asosida moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, bank mutaxassislarini o‘qitish bo‘yicha birgalikda ishlashni nazarda tutadi.

Biz doimo muloqotga ochiqmiz va tez o‘zgaruvchan moliyaviy dunyoda sizning biznesingizni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz!

Maslahat va foydali hamkorlik uchun biz bilan bog‘laning.

Tel.: 1881

Sayt | Instagram | Linkedin

Reklama huquqi asosida