O‘zbekiston | 11:15 / 14.06.2025
7772
1 daqiqa o‘qiladi

Rekord yangilandi: avtoraqam 1,6 mlrd so‘mga sotildi

O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam rekordi yangilandi. Onlayn auksionda sotuvga qo‘yilgan 10 777 ZZZ avtoraqami 1,6 mlrd so‘mga sotildi.

Mazkur raqam dastlab 187 mln 500 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan. Savdolar davomida uning narxi 1,56 mlrd so‘mga yetgan. Qayd etish kerak, bu raqam uchun komissiya yig‘imi 78,2 mln so‘mni tashkil qiladi.

Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, savdo yakunlangan. Endi mijozning raqam uchun to‘lovni amalga oshirishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joiz, 2024 yilda 01 888 BBB avtoraqami 965 million 250 ming so‘mga (barcha to‘lovlar bilan 1 mlrd so‘mdan ortiqroqqa) sotilgandi.

Mavzuga oid