Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi
Yo‘l chetidagi ikki nafar maktab o‘quvchisini ko‘rmasdan, tezlikni oshirgan haydovchi ularning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 2 bolani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan 24 yoshli haydovchi uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, yigit otasining mashinasida Paxtobod - Yangiobod yo‘li bo‘ylab harakatlanayotganda oldindagi mashinadan qochish uchun tezlikni me’yordan oshirgan va rulni keskin burgan, oqibatda yo‘l chetidagi 2 bolani urib yuborgan. Maktab o‘quvchilari vafot etgan.
Sudda jabrlanuvchining qonuniy vakillari ayblanuvchiga eng og‘ir jazo so‘ragan.
Sud hukmi bilan 24 yoshli haydovchi 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid

12:33
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

11:07 / 31.07.2025
Qamchiqda ikkita yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

19:40 / 30.07.2025