Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Isroil hujumlari qurbonlari soni 224 nafarga yetdi - Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi
Isroilning Eron hududiga havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 224 nafarga yetdi. Bu haqda Eron Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Xuseyn Kermanpur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Majid Saeedi / Getty Images
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil zarbalari boshlanganidan (13 iyun) buyon o‘tgan vaqt ichida 1277 nafar kishi shifoxonalarga yotqizilgan. Ularning 90 foizdan ortig‘i tinch aholi vakillari ekani ta’kidlanmoqda.
SSV vakilining so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 13 iyundan beri Isroil va Eron o‘rtasida o‘zaro raketa va havo hujumlari davom etmoqda. Isroil hukumati Eronni yadroviy qurol yaratish arafasida turibdi, deb ayblab, harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qilgan.
Tehron esa bu da’volarni rad etgan holda, Isroil hududlariga raketalar bilan javob berdi. Ikki tomon o‘rtasidagi keskinlik nafaqat harbiy obektlarga, balki tinch aholi yashaydigan hududlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuning natijasida Eronda halok bo‘layotgan fuqarolar soni ortib bormoqda — so‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 224 nafarga yetdi. Hujumlar natijasida ayollar va bolalar ham halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:55
The Times: Britaniya Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda

20:36 / 09.08.2025
Eron Zangezur yo‘lagini AQSh nazoratiga o‘tkazmaslikka va’da berdi

19:10 / 09.08.2025
Eron o‘z mutaxassislari o‘ldirilganidan keyin yadroviy dasturini qayta tuzdi – OAV

14:20 / 09.08.2025