Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident
Prezident yo‘llardagi kameralar nafaqat jarima yozishga, balki tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar jamoat transporti sifati va tirbandlik muammosidan «mutlaqo norozi».

Foto: Kun.uz
Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kungi videoselektor yig‘ilishida yo‘l infratuzilmasi va transport boshqaruvi sohasidagi mavjud vaziyatni tanqid ostiga oldi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va ta’mirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75−80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti.
Davlat rahbari, shuningdek, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekanini qayd etdi. U aholining yana bir e’tirozi — yo‘llardagi kameralar dislokatsiyasi ekanini qayd etarkan, ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayotganini ta’kidladi.
Uning fikricha, bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerak.
Shu bilan birga, chorraha, chiziq va yo‘l belgilarini to‘g‘rilash, svetoforlarni «aqlli» boshqaruvga o‘tkazish bo‘yicha ishlar sustligi tanqid qilindi.
Poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid

17:45
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi

16:08
1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

14:13
«Maqsadi bitta – tadbirkorlarga sotish!» – prezident yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganini tanqid qildi

11:31