Jahon | 18:20
1461
1 daqiqa o‘qiladi

Isroildagi xorijliklar vizasi muddati avtomatik tarzda uzaytirildi

Jumladan, ishchilar, sayyohlik va talabalar vizasi muddati 30 sentabrgacha uzaytirildi.

Foto: VCG

Isroildagi joriy xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi hamda Aholi va immigratsiya masalalari boshqarmasi tomonidan ba’zi xorijliklarning vizasi muddati 2025 yil 30 sentabrgacha uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

Muddati uzaytirilgan viza turlari quyidagilar:

- B/1 — ishlash uchun (umumiy);

- B/2 — sayyohlik vizasi;

- A/1 — repatriantlar vizasi;

- A/2 — talabalar vizasi;

- A/3 — diniy xodimlar vizasi;

- A/4 — A/2 va A/3 viza egalarining oila a’zolari vizasi.

Qayd qilinishicha, ushbu avtomatik uzaytirish faqat 2025 yil 12 iyun kuni yoki undan keyin vizasi muddati tugayotgan xorijiy fuqarolarga taalluqli.

Xorijliklardan hech qanday qo‘shimcha harakatlar talab qilinmaydi — muddat uzaytirilishi avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Mavzuga oid