AKFA Group "AKFA Medline Social" nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi
AKFA Group, Central Asian University hamda AKFA Medline University Hospital universitet klinikasi hamkorligida tibbiyot sohasidagi innovatsion loyiha - AKFA Medline Social tibbiy startapini amalga oshirish boshlangani haqida e’lon qildi. Ushbu loyiha aholiga sifatli va bepul birlamchi tibbiy yordam hamda diagnostika xizmatlarini taqdim etishga qaratilgan.

Foto: AKFA Group
Loyiha Toshkent shahridagi Alfraganus turar joy majmuasi hududida amalga oshirilmoqda va u tibbiy xizmat ko‘rsatishning zamonaviy modellaridan biri sifatida taqdim etiladi. Konsepsiya Cleveland Clinic tajribasi va xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan.
Barpo etilayotgan klinika umumiy 35 300 m² maydonni egallaydi va barcha xizmatlar to‘liq bepul bo‘ladi. Muassasa kuniga 3000 nafar, yil davomida esa 500 000 nafar bemorga xizmat ko‘rsata oladi.
Klinikada 150 dan ortiq qabul va diagnostika xonasi tashkil etiladi hamda 36 dan ortiq tibbiy yo‘nalishlar qamrab olinadi. Jumladan, terapiya, kardiologiya, endokrinologiya, laboratoriya va instrumental diagnostika kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.
“Biz tizim qurmoqdamiz — u qadriyatlar asosida: intizom, yetakchilik, hurmat va jamiyat oldidagi mas’uliyat. Biz buni o‘zimiz va yaqinlarimizga yordam berayotgandek amalga oshiryapmiz”, - deya ta’kidladi AKFA Group asoschisi Jahongir Artiqxo‘jayev loyiha taqdimotida.
Ushbu loyiha shunday muhit yaratishni ko‘zda tutadiki, unda odam o‘zini shifoxonada emas, balki mehmonxona muhitida his qiladi. Binoda qulay yo‘naltiruvchi belgilar, raqamli terminallar, xotirjam muhit va har bir tashrif buyuruvchiga hurmat bilan munosabat mavjud bo‘ladi.
Barcha jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, xizmatlar oddiy, intuitiv ravishda tushunarli va foydalanishda qulay qilib yaratilgan. Bemorlarning markaz bilan o‘zaro munosabatining barcha bosqichlari — qabulga yozilishdan tortib, diagnostika natijalarini olishgacha — zamonaviy IT yechimlari asosida optimallashtirilgan. Fuqarolar shifokor qabullariga mustaqil yoziladilar, tashriflarini rejalashtiradilar va tibbiy hujjatlarini onlayn tarzda, navbat kutishsiz olishlari mumkin. Bunday yondashuv xizmat sifatini, tezkorlikni va bemorlar uchun qulaylikni ta’minlaydi.
Central Asian University rektori Kamron G‘ulomovning ta’kidlashicha, AKFA Medline Social loyihasi sog‘liqni saqlashni tashkil etishdagi zamonaviy yondashuvlarni ifoda etadi:
“Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining baholashlariga ko‘ra, tibbiy holatlarning 75 foizga yaqini birlamchi tibbiy yordam darajasida — bemorni shifoxonaga yotqizmasdan ham samarali hal qilish mumkin. Bizning vazifamiz — ana shunday xizmatlarni har bir fuqaroga yetkazish, erta diagnostika va kasalliklarning oldini olishga e’tibor qaratishdir”.
AKFA Medline University Hospital klinikasi direktori Azimjon Tursunqulov tibbiy xizmatlar sifatini ta’minlash loyihaning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishini qayd etdi:
“Sifat nazorati xalqaro standartlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga to‘liq muvofiq tarzda olib boriladi. Biz bemorlar o‘z vaqtida, xavfsiz va professional yordam olishi mumkin bo‘lgan raqamli muhitni yaratmoqdamiz. Hatto kuniga 3000 nafar bemor qabul qilinsa ham, navbatlar yuzaga kelishi oldi olinadi.”
Loyiha to‘liq AKFA Group mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi va u davlat sog‘liqni saqlash siyosatiga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu tashabbus mavjud tibbiy xizmatlar tizimiga muhim qo‘shimcha bo‘ladi.
Akfa Medline Social'da ishlashga qiziqish bildirgan mutaxassislar hozirning o‘zida rasmiy veb-sayt http://akfamedlinesocial.uz orqali kutish ro‘yxatiga (Waiting list) yozilib, ariza qoldirishlari mumkin.
Arizalarni qabul qilish 2026 yil 31 maygacha davom etadi.
Telefon: +998 (77) 403-30-03
Kadrlar bo‘limi elektron manzili: mailto:hr@akfamedlinesocial.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

12:00 / 26.05.2021
AKFA Universiteti kampusini qurish uchun AKFA Medline qimmatli qog‘ozlar bozoridan mablag‘ jalb qildi

17:28 / 24.11.2020
“SeN YaShAYSAN” – yurtimizdagi eng yirik klinikalardan birida yurak nuqsoni mavjud 10 nafar bolaga bepul operatsiya o‘tkaziladi

20:00 / 28.10.2020
AKFA Medline klinikasida bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini xavfsiz usul bilan davolash amaliyoti o‘tkazilmoqda

11:09 / 14.08.2020