Isroil hujumlari fonida Eron va AQSh muzokaralari o‘tkazildi – OAV
Eron agar Vashington Isroilga zarbalarni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazsa, «yadroviy masalada moslashuvchan bo‘lishi mumkinligini» ma’lum qilgan.

Stiv Uitkoff va Abbos Aroqchiy
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy o‘tgan hafta Isroil Eronga zarba bera boshlaganidan beri AQSh elchisi Stiv Uitkoff bilan bir necha bor telefon orqali gaplashgan, dedi uch diplomat Reuters agentligiga.
Aroqchiy Uitkoffga agar Isroil hujumlarini to‘xtatmasa, Tehron yadroviy muzokaralarga qaytmasligini aytgan. Aroqchiy va Uitkoff o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida AQShning Erondan tashqarida uran boyitish bo‘yicha mintaqaviy konsorsium yaratish bo‘yicha taklifi qisqacha muhokama qilingan.
Eron hozircha taklifni rad etgan, biroq, ta’kidlanishicha, Aroqchiy Uitkoffga agar Vashington Isroilga zarbalarni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazsa, Eron «yadroviy masalada moslashuvchan bo‘lishi mumkinligini» aytgan.
«Aroqchiy Uitkoffga Eron yadroviy muzokaralarga qaytishga tayyorligini aytdi, biroq Isroil bombardimon qilishda davom etsa, buni amalga oshira olmaydi», dedi yevropalik diplomat.
Reuters manbalaridan birining aytishicha, birinchi qo‘ng‘iroq Vashington tomonidan bo‘lgan va u «yangi taklifni ilgari surgan».
Eron va Qo‘shma Shtatlar Ummon vositachiligida yadroviy kelishuv bo‘yicha besh marta bilvosita muzokaralar o‘tkazdi. Oltinchisi 15 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Tehronning yadroviy bomba yaratish qobiliyatini bahona qilib, Eronga qarshi harbiy operatsiyasini boshladi. Shundan keyin muzokaralar to‘xtatildi.
Mavzuga oid

23:35 / 19.06.2025
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi

22:37 / 19.06.2025
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi

21:20 / 19.06.2025
Isroil mudofaa vaziri Eron rahbarini yo‘q qilish kerakligini aytdi

16:36 / 19.06.2025