Iqtisodiyot | 15:34
1967
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bozoriga Belarusdan mol go‘shti maqbul narxlarda yetkazib berilishi mumkin 

Belarus poytaxti Minsk shahrida Belagro-2025 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu nufuzli anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Eron kabi qator davlatlardan tashrif buyurgan delegatsiyalar va ishbilarmon doira vakillari qatorida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham o‘zining eksportbop, ekologik toza hamda raqobatbardosh mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston stendida taqdim etilayotgan quritilgan mevalar, shok usulida muzlatilgan sabzavot va mevalar, shuningdek, milliy taomlar xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston bozoriga yuqori sifatli mol go‘shtini maqbul narxlarda yetkazib berish bo‘yicha yangi hamkorlar bilan muzokaralar olib borildi. Ushbu kelishuvlar mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni barqaror mahsulot bilan ta’minlash va eksport salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid