Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi
O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 19 iyun kuni e’lon qilingan QS World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bildirishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5 ta universitetga ortib, O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
Reytingga kiritilgan OTM:
- “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-o‘rin (2025 yilda =547);
- O‘zbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025 yilda 781-790);
- Toshkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor);
- Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor);
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor);
- Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor);
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor).
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 4 ta oliygohi “Bitiruvchilar yutuqlari” indikatori bo‘yicha top-700 talikka kirgan:
- Toshkent davlat texnika universiteti – 540-o‘rin;
- O‘zbekiston Milliy universiteti – 545-o‘rin;
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 644-o‘rin;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-o‘rin.
Xalqaro ekspertlar fikricha, O‘zbekiston universitetlarining QS reytingidagi faol o‘sishi — ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, innovatsion izlanishlar va raqobatbardoshlik yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli islohotlar samarasidir.
Mavzuga oid

12:14 / 09.08.2025
Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin

13:53 / 08.08.2025
Akkreditatsiyadan o‘ta olmagan OTM talabalarining o‘qishi ko‘chiriladi

14:21 / 07.08.2025
8 avgust kuni OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi yakunlanadi

12:16 / 04.08.2025