Chorvoq Darvozasi - turizm va ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish uchun yangi yo‘nalish
O‘zbekistonda shahar tashqarisidagi ko‘chmas mulk bozori jadal rivojlanmoqda va bugungi kunda investorlarning e’tibori aynan Chorvoq regioniga qaratilgan - bu tabiiy go‘zallik, qulaylik va biznes salohiyati birlashgan noyob hudud. Chorvoq Darvozasi - bu tog‘li hududda shu darajadagi birinchi yirik turar-joy majmuasi bo‘lib, turizm va ijara orqali barqaror daromad olish imkoniyatini taqdim etadi.

Foto: Chorvoq Darvozasi
Majmua ichki turizmning eng mashhur yo‘nalishlaridan birida joylashgan. Yaqin orada hududda xalqaro Wyndham mehmonxonasi, zamonaviy akvapark, shuningdek, KFC, Costa Coffee, Papa John's, Krispy Kreme kabi dunyo brendlari hamda Safia, BON va Feed Up kabi yetakchi mahalliy brendlar faoliyat boshlaydi. Bu esa dam olish, ijara va biznes uchun joyning jozibadorligini yanada oshiradi.
Infratuzilmaga bunday yondashuv Chorvoq Darvozasi’ni nafaqat xususiy xaridorlar, balki qisqa va uzoq muddatli ijarani maqsad qilgan investorlar uchun ham jozibador qiladi.
Investorlar uchun asosiy imkoniyatlardan biri — apart-mehmonxona formati. Siz majmuada xonadon sotib olib, nafaqat kurort zonasidagi ko‘chmas mulkka, balki mehmonlar uchun tayyor mahsulotga ham ega bo‘lasiz. Boshqaruv kompaniyasi mehmonlarni joylashtirish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv ishlarini o‘z zimmasiga olib, sizga passiv daromad va minimal tashvish kafolatlaydi.
Majmuada 1 xonadan 5 xonagacha bo‘lgan, turli qavatlarda, o‘ylangan planirovkalarga ega, panoramali derazalar va keng terassali xonadonlar mavjud. Har bir uy atrofdagi tabiat go‘zalligini ochib berish va yorug‘lik, qulaylik va erkinlik muhitini yaratish uchun mo‘ljallangan. Bu esa Chorvoq Darvozasi xonadonlarini dam olish va ijaraga berish uchun ayni muddao qiladi.
Yashovchilar va mehmonlarning qulayligi uchun majmuada yer osti va yer usti avtoturargohlari mavjud. Bu ayniqsa turistik mavsumda avtomobillar oqimi yuqori bo‘lgan kurort hududida juda muhim — tartib, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlaydi.
Ekologik dam olish va ichki turizmga qiziqish ortib borayotgan sharoitda Chorvoq Darvozasi ko‘chmas mulk orqali daromad topmoqchi bo‘lganlar uchun kuchli platformaga aylanmoqda. Unikal joylashuvi, kompleks qurilishi, jahon brendlari ishtiroki va apart-mehmonxona formati bu loyihani investitsiyalar uchun barqaror modelga aylantiradi.
Chorvoq Darvozasi — bu mintaqaning rivojiga, turistik oqimga va daromad keltiruvchi ko‘chmas mulkka investitsiyadir.
Savdo ofisi manzili: Furqat ko‘chasi, “Tashkent City” XIM, 1-blok, Toshkent.
Website : dreamcity.uz
Instagram : @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida