O‘zbekiston | 11:40
4424
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident topshirig‘iga binoan Qo‘shrabotdagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi - Saida Mirziyoyeva 

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatidagi 71-maktabda bo‘ldi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Ushbu ziyo maskani yorqin natijalarni namoyon etmoqda: bitiruvchilar orasida medal olayotgan va xalqaro ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan yoshlar ko‘p. O‘tgan yili esa mazkur dargohning barcha bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlari imtihonidan o‘tib, talabalikka qabul qilindi

"Ushbu maktabni va Samarqanddagi boshqa maktablarni a’lo baholar bilan bitirgan o‘quvchilarga oltin medallarni topshirish menga katta mamnuniyat bag‘ishladi", deydi Saida Mirziyoyeva.

Prezident topshirig‘iga binoan Qo‘shrabot tumanidagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi. Ushbu ajoyib sovg‘a tumandagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod o‘quvchiga xavfsiz va qulay tarzda o‘z sinfxonalariga yetib borish imkonini beradi.

"Biz har bir bola, qayerda yashashidan qat’iy nazar, sifatli, zamonaviy va munosib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini juda istaymiz hamda bunga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni yo‘naltiramiz", dedi prezident yordamchisi.

Mavzuga oid