O‘zbekiston | 13:09
912
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin

Transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdug‘afforov Xitoyning Eksport-import banki boshqaruv raisi Chen Xuayyuy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. 

Foto: Transport vazirligi

Uchrashuvda bank moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston transport infratuzilmasini rivojlantirish, harakat tarkiblarini yangilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Toshkent—Samarqand, Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘llari, Toshkent—Samarqand yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temiryo‘lini qurish loyihalari hamda Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida zamonaviy avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar 200 ta elektrobus sotib olish bo‘yicha qarz shartnomasini kelishish va imzolashni tezlashtirish masalasini muhokama qilgan. Qo‘shimcha 1000 ta avtobus sotib olish bo‘yicha loyiha yuzasidan ham fikr almashilgan.

Mavzuga oid