Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha xalqaro komissiyasi rahbari bilan uchrashdi
Uchrashuvda ayni paytda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida kechayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 23 iyun kuni Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha xalqaro komissiyasi rahbari Larbi Jakta bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Biz davlat xizmatchilarining ishini qanday qilib samaraliroq va zamonaviyroq qilish mumkinligi, qaysi xalqaro standartlarni joriy etish va xodimlarni qanday qo‘llab-quvvatlash kerakligi haqida suhbatlashdik», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegramʼdagi kanalida.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ayni paytda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida kechayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Larbi Jakta mamlakatning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlarini yuqori baholab, bugungi O‘zbekiston infratuzilma, innovatsiya va inson kapitali jihatidan butkul boshqacha davlat ekanini ta’kidlagan.
«O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajada. Larbi Jakta bilan uchrashuv ana shu munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikdagi faoliyat uchun yangi istiqbollarni belgilash uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi», — deydi prezident yordamchisi.
Mavzuga oid

18:42 / 10.08.2025
BMT Bosh assambleyasida Falastin davlati tashkil topgani e’lon qilinishi mumkin

23:15 / 05.08.2025
BMT konferensiyasida o‘zbek hovlisi ko‘rinishida qurilgan O‘zbekiston pavilyoni namoyish etildi

18:37 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

15:46 / 05.08.2025