2024 yilda global boylik 305 trillion dollarga yetdi
Biroq, uning o‘sish sura’ti avvalgi yillarga nisbatan past bo‘ldi.

Foto: Reuters
Boston Consulting Group (BCG) 24 iyun kuni global boylik dinamikasi (barcha aktivlar qiymati) bo‘yicha o‘zining an’anaviy Global Wealth Report 2025 yillik hisobotini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning oxiriga kelib, dunyodagi umumiy boylik miqdori 305 trillion dollarga yetgan. Bu 2023 yilga nisbatan 4,4 foizga ko‘p, biroq oldingi besh yildagi o‘rtacha yillik o‘sish sur’atidan 5,1 foizdan kam.
Asosiy o‘sish moliyaviy aktivlar hisobidan ta’minlangan bo‘lib, o‘tgan yili ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorlaridagi ijobiy holat tufayli 8 foizga o‘sgan.
Mintaqalar orasida boylikning eng sezilarli o‘sishi Shimoliy Amerikada qayd etilgan – 15,3 foiz. Ikkinchi o‘rinda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (+10,7 foiz), uchinchi o‘rinda Markaziy Osiyo-Sharqiy Yevropa mintaqasi (+8,4 foiz).
O‘tgan yili eng yomon ko‘rsatkich Lotin Amerikasida (-9,3 foiz) va hisobotda alohida mintaqa sifatida ko‘rsatilgan Yaponiyada (+1,9 foiz) qayd etilgan.
BCG tahlilchilarining ta’kidlashicha, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi kelgusi yillarda katta o‘sish salohiyatiga ega — 2029 yilgacha o‘rtacha yillik o‘sish taxminan 9 foizni tashkil etishi kutilmoqda, bu Shimoliy Amerika (+4 foiz) va G‘arbiy Yevropadan (+5 foiz) yuqori.
Mavzuga oid

18:06 / 13.06.2025
O‘zbekiston MDHning islomiy moliya markaziga aylanish potensialiga ega - ekspertlar bilan suhbat

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi

16:15 / 02.05.2025