Bokuda Aliyevni tanqid qilgan siyosatshunos «davlatga xiyonat»da ayblanib 15 yilga qamaldi
Boku sudi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni tanqid qilgan siyosatshunos va urushga qarshi faol Bahruz Samadovni «davlatga xiyonat»da aybdor deb topdi.

Foto: Giyas Ibrahim/Twitter
Boku sudi siyosatshunos va urushga qarshi faol Bahruz Samadovni davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha qattiq rejimli qamoqxonaga 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb yozdi 23 iyun, dushanba kuni The Insider portali Ozarboyjonning Haqqin internet nashriga tayanib.
Aniqlanishicha, Samadov Chexiyada yashab, Pragadagi Karl universitetida doktorlik dissertatsiyasini yozgan. U ijtimoiy tarmoqlarda va maqolalarida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev rejimini tanqid qilgan va ochiqchasiga Armaniston bilan tinchlikka chaqirgan kam sonli ozar faollaridan biri edi, deb yozadi nashr.
2024 yil avgust oyida erkak ta’tilga Bokuga kelganida qo‘lga olingan. Ozarboyjon hukumati uni Armaniston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda aybladi, deb yozadi The Insider.
Prokuratura Samadovni 16 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qildi. Buvisi Zibeyda Osmonovaning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng olim o‘z joniga qasd qilishga qaror qilgan, biroq oxirgi lahzada uni kameradoshi qutqarib qolgan.
2024 yil sentabr oyida Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) inson huquqlari tashkiloti Bahruz Samadovning ta’qib qilinishi haqida xabar berib, u mustaqil jurnalist sifatida Gruziyaning OC Media nashri va Amerikaning Eurasianet nashri bilan hamkorlik qilgani va Ozarboyjon hukumatini tanqid qilganini aytdi.
O‘sha ma’lumotda tashkilot Samadovning do‘sti Rustam Ismoilbeylining fikrini keltirgan. U bu odam «tinchlikning ko‘zga ko‘ringan tarafdori sifatida, shuningdek, ozarboyjon militarizmi va avtoritarizmi haqidagi maqolalarni o‘z ichiga olgan jurnalistik faoliyati uchun ta’qiblar nishoniga aylangan» degan fikrini keltirgan.
Mavzuga oid

13:20 / 21.06.2025
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi

12:10 / 03.06.2025
Aliyev: «Asr shartnomasi» mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni o‘zgartirdi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

16:28 / 23.05.2025