Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi
Samarqand aholisi va mehmonlari endi Yandex Go ilovasi orqali Market xizmatidan foydalangan holda tovarlarga buyurtma berishlari mumkin. Market’da shaxsiy tavsiyalarga asoslangan mahsulotlar ro‘yxati mavjud. Xizmat mahsulotlarni xususiyatlari va narxlari bo‘yicha taqqoslash imkonini beradi.

Foto: Yandex Go
Market orqali elektron jihozlar, maishiy texnika, uy va ta’mirlash uchun tovarlar, kiyim-kechak va poyabzal, go‘zallik vositalari hamda boshqa ko‘plab mahsulotlarni xarid qilish mumkin. Shuningdek, Market’da Yandex Factory — kompaniyaning o‘z ishlab chiqarish yo‘nalishiga oid tovarlar ham mavjud.
Tovarlarni yetkazib berish Market’da kurer orqali yoki buyurtmalarni topshirish punktiga (BTP) amalga oshirilib, hozirda Samarqandda dastlab 10 ta BTP faoliyat yuritishni boshlagan. Buyurtma uchun to‘lov ilovada karta orqali, shuningdek BTPda naqd pul yoki karta orqali to‘lov amalga oshiriladi. Yandex Split xizmati orqali bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud. Ushbu xizmat yordamida xaridor mahsulot narxining bir qismini darhol to‘lab, qolgan summa esa xaridorning biriktirilgan kartasidan belgilangan jadval asosida yechib boriladi. Foydalanuvchilar 2, 4 yoki 6 oylik bo‘lib to‘lash tizimidan foydalanishlari mumkin.
REGISTON promokodi bilan Market’ning Samarqand shahri va viloyatdagi yangi foydalanuvchilari birinchi buyurtma uchun 50% chegirmaga ega bo‘ladilar. Maksimal chegirma miqdori — 80 000 so‘m bo‘lib, ushbu chegirmadan 2025 yil 31 iyulgacha foydalanish mumkin bo‘ladi.*
Samarqand — Toshkentdan keyin xizmat ishga tushgan ikkinchi shahar bo‘ldi. Yil oxirigacha Market O‘zbekistonning yana bir nechta hududlarida ham ishga tushiriladi.
*Promokod amal qilish muddati: 17.06.2025 – 31.07.2025. Yetkazib berish xizmatiga chegirma amal qilmaydi. Promokodlardan foydalanish qoidalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://yandex.com/legal/marketplace_promocode_uz/uz/