Jahon | 22:31 / 24.06.2025
1249
2 daqiqa o‘qiladi

Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

Qushlarning hatto bir necha turi yo‘qolib ketishi ham butun dunyo bo‘ylab ekotizimning buzilishiga olib keladi. Olimlar ularning populyatsiyasini tiklash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishga chaqirmoqda.

Foto: Alamy

Olimlar keyingi yuz yil ichida qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkinligini aniqladi. Ular qushlar populyatsiyasini tiklash bo‘yicha tezkor dasturlarni amalga oshirishga chaqirdi, deb yozadi The Guardian.

Qayd etilishicha, qushlarning hatto bir necha turi yo‘qolib ketishi ham butun dunyo bo‘ylab ekotizimning buzilishiga olib keladi. Tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri bo‘lgan Reding Kerri Styuard universiteti vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yer «qushlarning yo‘qolib ketish inqiroziga» duch kelgan. Prognozlarda keltirilishicha, 2125 yilga borib sayyorada oxirgi 500 yildagidan ko‘proq qush turlari yo‘qolib ketadi.

Ta’kidlanishicha, qushlar populyatsiyasining kamayishiga qishloq xo‘jaligining kengayishi va rivojlanishi sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, o‘rmonlarni kesish, tabiiy muhitning yomonlashuvi ham ularning yo‘qolib ketishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, qushlarga nisbatan salbiy ta’sirlar to‘xtatilgan taqdirda ham ularning 250 ga yaqin turi baribir yo‘q bo‘lib ketadi.

Olimlar ushbu nodir qush turlarini saqlab qolish uchun ularni tutqinlikda ko‘paytirish va yashash muhitini tiklash bo‘yicha dasturlar yaratishga chaqirmoqda. «Qo‘riqlanadigan hududlar muhim rol o‘ynashi mumkin, biroq qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik, baliq ovlash, ovchilik va boshqa manbalardan keladigan tahdidlarni kamaytirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ayrim turlar maxsus tiklash chora-tadbirlarini talab qiladi», — dedi tadqiqot mualliflaridan biri Styuart Butchart.

Mavzuga oid