Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi
Tarixdagi birinchi ushbu tashrif O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar ochdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi 25 iyun kuni yakuniga yetdi. Tarixdagi birinchi bo‘lgan ushbu tashrif O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar ochdi.
Davlat rahbari 24 iyun kuni Ulan-Bator shahrida prezident Uxnaagiyn Xurelsux bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi. Amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va sanoat sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yakunda Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Prezidentlar rafiqalari bilan ikki mamlakat san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etdi.
25 iyun kuni davlat rahbari rafiqasi bilan «Ix Tenger» majmuasiga tashrif buyurdi. Prezidentlar va birinchi xonimlar birgalikda daraxt ekdi. An’anaviy «Naadam» o‘yinlari tomosha qilindi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid

23:35 / 21.07.2025
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi

11:35 / 18.07.2025
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi

11:32 / 18.07.2025
Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi

18:33 / 10.07.2025