Jamiyat | 17:42 / 25.06.2025
2349
1 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent metropoliteni» tirbandliklar haqidagi e’tirozlarga javob qaytardi

Korxonaning xabar berishicha, bugungi kunda har bir yo‘nalishda yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holatda poyezdlar harakati jadval asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: Kun.uz

«Toshkent metropoliteni» DUK ijtimoiy tarmoqlarda «Metroda tirbandliklar kuzatilmoqda» mazmunida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Qayd qilinishicha, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Bugungi kunda har bir yo‘nalishda yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holatda poyezdlar harakati jadval asosida yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, doimiy ravishda ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘nalishlarda poyezdlar soni oshirilib, qo‘shimcha zaxira poyezdlar ham harakatlanmoqda», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda «Beruniy» bekatidagi tirbandliklar haqida bo‘rttirilgan (yolg‘on) ma’lumot taqdim etilgan. «Toshkent metropoliteni» DUK mas’ul xodimlari tomonidan oxirgi 1 oy davomida «Beruniy» metro bekatidagi barcha kameralardagi yozuvlar to‘liq o‘rganib chiqilgan. O‘rganishlar asosida bekatda bu kabi holat yuz bermagani aniqlangan.

Mavzuga oid