Jahon | 13:41
2247
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyaga to‘fon yopirildi. Halok bo‘lganlar bor

Fransiyaga to‘fon yopirildi. Tabiiy ofat oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi. 100 mingdan ortiq uy elektr ta’minotisiz qoldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

25 iyun oqshomida Fransiyaning ko‘plab hududlarida kuchli shamol bilan momaqaldiroq kuzatildi

Mamlakat shimoli-g‘arbidagi Mayyen shahrida 59 yoshli erkak kvadrovelosiped haydab ketayotib, daraxt yo‘lga qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Janubdagi Tarn-i-Garonna shahrida 12 yoshli bola daraxt qulagandan so‘ng daryoga tushib ketib, vafot etdi. Yana 17 kishi jarohatlangan.

Mamlakat bo‘ylab 100 000 dan ortiq uy elektr ta’minotisiz qoldi. Poyezdlar qatnovi to‘xtatildi. Shamolning tezligi soatiga 112 kilometrga yetyapti. 

Parijda 50 ga yaqin daraxt qulab tushdi, bir qancha metro bekatlari yopilgan.

Mavzuga oid