O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi
2000-2003 yillarda Qurolli kuchlar birlashgan shtabi boshlig‘i bo‘lgan general-polkovnik To‘lqin Qosimov 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan general-polkovnik To‘lqin Qosimov vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
To‘lqin Qosimov 1962 yildan boshlab 2003 yilga qadar Qurolli kuchlar safida xizmat qilib, harbiy okrug qo‘mondoni, mudofaa vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi boshlig‘i hamda Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Xizmati davomida I-II darajali «Shon-sharaf», «Qizil yulduz» va II-III darajali «Vatanga xizmati uchun» ordenlari hamda ko‘plab medallar bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid

10:10 / 29.05.2025
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi

19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

09:10 / 19.02.2025