Jahon | 14:20 / 26.06.2025
1263
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda qirg‘iz tilining mavqeyi oshirilmoqda

Yangi qonunga ko‘ra, Qirg‘iziston televideniye va radiolarida qirg‘iz tilidagi kontent ulushi 60 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Davlat xizmatchilari uchun bu tilni bilish majburiydir.

Foto: picture-alliance/AA/N. Aliyev

Qirg‘izistonda qirg‘iz tilining rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. AFP 25 iyun, chorshanba kuni mamlakat parlamenti spikeri Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘lining so‘zlaridan iqtibos keltirgan: «Agar biz qirg‘iz tiliga shunchalik befarq bo‘lsak, yaqin yillarda millat bo‘lishdan to‘xtaymiz».

Yangi qonunga ko‘ra, endi Qirg‘iziston televideniyesi va radiolarida qirg‘iz tilidagi kontentning ulushi 60 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Aholi punktlarining nomlari ham qirg‘iz tilida bo‘lishi, qirg‘iz reklamasidagi shrift o‘lchami kattaroq bo‘lishi kerak.

Qirg‘iz tilini bilish davlat xizmatchilari, jumladan, sudyalar va prokurorlar uchun majburiy bo‘lishi kerak.

AFP eslatganidek, Qirg‘izistonda qirg‘iz va rus tillari rasmiy til hisoblanadi. Ushbu Markaziy Osiyo respublikasidagi 7 millionlik aholining qariyb 80 foizi rus tilida gaplashadi va undan kundalik hayotda foydalanadi, deya ta’kidlaydi nashr. Agentlikka ko‘ra, Qirg‘iziston Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan keyin milliy o‘zligini faol ravishda mustahkamlay boshlagan mintaqadagi beshinchi possovet davlatidir.

Mavzuga oid