O‘zbekiston | 12:43
2008
2 daqiqa o‘qiladi

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi

Joriy yilda 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Abituriyentlar test uchun to‘lovni bugun, 26 iyun kuni 23:59 ga qadar amalga oshirishi kerak.

Foto: Kun.uz 

Joriy yilda 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. To‘lovlarni amalga oshirmaganlar hisobiga testga kiruvchilar soni yanada kamayishi aniq.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili  — 644 ming 27 nafar;
  • rus tili  — 71 ming 476 nafar;
  • qoraqalpoq tili  — 14 ming 959 nafar;
  • boshqa tillar — 1 ming 949 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

erkaklar — 346 ming 299 nafar;
ayollar — 386 ming 112 nafar.

So‘nggi 7 yildagi abituriyentlar soniga qaralsa, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin:

▪️2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
▪️2020 yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
▪️2021 yil — 948 ming 211 nafar;
▪️2022 yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
▪️2023 yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
▪️2024 yil — 894 ming 279 nafar;
▪️2025 yil — 732 ming 411 nafar.

Abituriyentlar test uchun to‘lovni bugun, 26 iyun kuni 23:59 ga qadar amalga oshirishi kerak.

Mavzuga oid