Jamiyat | 21:26 / 27.06.2025
2855
1 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlandi

Kun.uz muxbiri Ruslan Saburov «Oltin qalam» milliy mukofotining internet-nashrlar yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin bilan taqdirlandi.

Foto: Kun.uz

Bugun, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun XIX xalqaro tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz’ning surishtiruvchi jurnalisti Ruslan Saburov milliy mukofotning internet-nashrlar yo‘nalishida 3-o‘rin bilan taqdirlandi.

Xalqaro tanlov 5 ta asosiy nominatsiya — televideniye, radio, bosma nashrlar, internet nashrlari yo‘nalishlari hamda rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va saytning doimiy eksperti, siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.

Mavzuga oid