Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlab kelgan fuqaro ushlandi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bahosi 1 mlrd 506 mln so‘mlik 1 kg 205 gramm sintetik giyohvandlik vositalari tarqalishining oldi olindi.

Foto: Videodan kadr
Poytaxt IIBB ma’lum qilishicha, Chilonzorda o‘tkazilgan tezkor tadbirda S. ismli shaxs qo‘lga olinib, uning yonidan 5 gramm giyohvandlik vositasi topilgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash manzili ham xolislar bilan ko‘zdan kechirilgan. Natijada mebel tagidan 3 ta qora sellofan ichida turli xil zip-paketga solingan oq rangli kukunsimon modda, ko‘k rangli izolentaga o‘ralgan kukunsimon moddalar, elektron tarozilar, zip-paketlar aniqlangan.
Tezkor tadbir natijasida 6000 insonni zaharlashi mumkin bo‘lgan, bahosi 1 mlrd 506 mln so‘mlik 1 kg 205 gramm sintetik giyohvandlik vositalari tarqalishining oldi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid

11:02 / 25.06.2025
“Qo‘lma-qo‘l bo‘lasan”: Chilonzorda mahalla raisi ajrashish yoqasidagi ayolga tahdid qildi

20:18 / 12.05.2025
Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani xabar qilindi

11:18 / 22.04.2025
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

10:28 / 21.04.2025