Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Aerodromga zarbalar uzoq masofaga uchishga qodir dronlar yordamida amalga oshirilgan. Rossiya tomonida hozircha hujum yuzasidan hech qanday ma’lumot bermadi.

Foto: Andrey Lytkin
Ukrainalik harbiylar 27 iyunga o‘tar kechasi Volgograd oblastidagi Marinovka aerodromiga hujum qilib, to‘rtta Su-34 samolyoti va texnik-ekspluatatsiya qismini nishonga oldi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Bosh shtabi ma’lum qildi.
«Dushman aviatsiya texnikasining zararlanish darajasi va hujum natijalari aniqlashtirilmoqda», — deyiladi idora bayonotida.
Operatsiyada ishtirok etgan Ukraina xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, hujum davomida ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingan, yana ikkitasiga shikast yetkazilgan. Samolyotlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilgan texnik-ekspluatatsiya qismida esa hujumdan keyin yong‘in boshlangani aytilmoqda.
Aerodromga zarbalar uzoq masofaga uchishga qodir dronlar yordamida amalga oshirilgan.
«Rossiya Su-34 lari — Ukraina pozitsiyalari va aholi punktlariga raketa-bomba zarbalarini beradigan taktik aviatsiyaning asosiy samolyotlaridir», — deyiladi UQK Bosh shtabi xabarida.
Rossiya tomoni aerodromga hujum, samolyotlar yakson qilingan yoki ularga zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar bermadi, shuningdek, Ukraina idoralarining bayonotiga javob qaytarmadi.
RF Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, 27-iyunga o‘tar kechasi Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari Volgograd oblastida 13 ta dronni urib tushirgan. Mintaqa gubernatori Andrey Bocharovga ko‘ra, dronlar Surovikinskiy va Kalachyovskiy tumanlariga, shuningdek, Voljsk shahriga hujum qilgan. Hujum oqibatlarini bartaraf etish uchun Don daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikda harakat vaqtincha cheklangan.
Mavzuga oid

23:17 / 09.07.2025
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”

21:14 / 09.07.2025
Ukrainada «Neptun» raketasiga oid maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringan xitoylik josuslar ushlandi

21:13 / 09.07.2025
AQSh armiyasi Patriot raketalari xaridini to‘rt baravar oshirdi

21:08 / 09.07.2025