Yevroparlament Finlandiyaga Rossiyaga bilan chegarani yopishga ruxsat berdi
Shengen kodeksiga muvofiq Finlandiya milliy xavfsizlik va jamoat tartibini himoya qilish uchun tashqi chegaradagi ma’lum punktlarni yopish huquqiga ega.

Foto: AFP
Yevroparlament Yevropa komissiyasining Finlandiyaga Rossiya bilan chegarani yopishga bergan ruxsatini qo‘llab-quvvatladi. Shengen kodeksiga muvofiq Finlandiya milliy xavfsizlik va jamoat tartibini himoya qilish uchun tashqi chegaradagi ma’lum punktlarni yopish huquqiga ega.
Yevroparlament kommunikatsiya bo‘limi rahbari Alessio Inkorvayyaning ta’kidlashicha, ushbu chorani favqulodda holatlar bilan izohlab, u Yevropa Ittifoqi fuqarolarining erkin harakatlanish huquqiga ta’sir qilayotganini tan olgan.
Mazkur masalani ko‘rib chiqish Finlandiya fuqarosi va «Aleksandr jamiyati» jamoat tashkilotining petitsiyasidan keyin boshlangan. Arizachilarning ta’kidlashicha, Finlandiya hukumatining qarori Yevropa Ittifoqi qonunchiligini buzadi, Rossiya bilan aloqador oilalarga va mamlakatning sharqiy mintaqalari iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Finlandiya 2023-2024 yillar davomida bir necha marta sharqiy chegaralardagi barcha sakkizta nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgandi. Bu Rossiya tomonidan uchinchi davlat migrantlarini ommaviy o‘tkazishga urinish holatlari amalga oshirilayotgani bilan izohlangan.
Mavzuga oid

07:59 / 27.06.2025
Yevroittifoq sammiti Ukrainaning YeIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shma bayonotni qabul qila olmadi

13:35 / 19.06.2025
Belarus demokratik kuchlari YeI qo‘mitasi bilan memorandum imzoladi

23:56 / 18.06.2025
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV

20:49 / 09.06.2025