Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatiga chiqishiga golli uzatma bilan hissa qo‘shgan, ammo dastlabki mukofotlanganlar ro‘yxatiga kirmay qolgan hujumchi Bobur Abduxoliqov 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Mukofotlangan ro‘yxatidan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi Gulruhbegim Tohirjonova ham o‘rin oldi.

Bobur Abduxoliqov va Gulruhbegim Tohirjonova
O‘zbekiston prezidenti Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Farmon bilan “Kelajak bunyodkori” bilan taqdirlanganlar orasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Bobur Abduxoliqov hamda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi Gulruxbegim Tohirjonova ham bor.
Bobur Abduxoliqov O‘zbekistonning ilk marta jahon chempionatiga chiqishiga hissa qo‘shgan, ammo shu munosabat bilan davlat mukofoti berilgan jamoa a’zolari qatoriga kirmay qolgan edi.
Xalqaro grossmeyster Gulruxbegim Tohirjonova 2020 yilda, 21 yoshida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasidagi «adolatsizliklar» sabab AQShga ko‘chib ketgan va to‘rt yil davomida ushbu mamlakat nomidan dona surib, 2025 yil boshida O‘zbekiston milliy jamoasiga qaytgandi. U oxirgi ikkita Olimpiada davomida AQSh va O‘zbekiston o‘zaro duch kelganda o‘z hamyurtlariga qarshi dona surishdan bosh tortgandi.
Ushbu farmonga asosan, turli sohalarda ta’lim olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh yoshlar – o‘zining yuksak azm-u shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgani uchun taqdirlandi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlanganlar ro‘yxati:
Abdug‘aniyeva Nodira Abdunazar qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ismoilov Jamshidbek Rashid o‘g‘li – To‘rtko‘l tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ibrohimova Rayyona Nodirbek qizi – Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Andijon viloyati
Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li – Andijon shahridagi «Wester Group RJ» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Dehqonova Ruhshona Shuhrat qizi – Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi, Buxoro viloyati
To‘qsonov Parviz Abdurahimovich – Buxoro shahridagi «Phoenix Academy» o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi, Buxoro viloyati
Odilova Farzona Alisher qizi – Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Turdiboyev Akbar Ikrom o‘g‘li – Do‘stlik tumanidagi «Wegroww Tech» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati
Jalilov Abdikarimbek Abdixalil o‘g‘li – «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyihalar ofisi guruhi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Xodiyeva Sitora Shoxabbos qizi – Qarshi davlat texnika universitetining tayanch doktoranti, Qashqadaryo viloyati
Aslonov Abror Burxonovich – «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish sexi smena katta ustasi, Navoiy viloyati
Maksyutova Alina Xurshidovna – Navoiy shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Navoiy viloyati
Ahmadaliyeva Niholaxon Foziljon qizi – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Mamadaliyev Zahiriddin Sayfiddin o‘g‘li – Namangan shahridagi «Nightmare Labs» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Qudratov Shohrux Odil o‘g‘li – Samarqand shahridagi «Polyglot school» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Salimova Mahbuba Xidirboy qizi – Samarqand davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Samarqand viloyati
Abdualimov Alisher Samandar o‘g‘li – Sirdaryo tumanidagi «Sir uni xizmati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
Jo‘raboyeva Ziyoda Olimjon qizi – Guliston tumanidagi «Ozodbek tuhfasi» fermer xo‘jaligi mexanizatori, Sirdaryo viloyati
Ismatov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li – Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Hakimjonova Sitoraxon Abduqahhor qizi – Sariosiyo tumanidagi «Sitora Profession» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati
Mamatqulov Qahramon O‘ktam o‘g‘li – Bekobod shahridagi «Ibrat xos obod» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Sodiqova Feruza Ravshanbek qizi – Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiysi
Mahmudov Saidahmadxon Saidahrorxon o‘g‘li – Marg‘ilon shahridagi «Textile Group and Gold» xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
Nabiyeva Sabina Sherzod qizi – Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona universiteti 3-bosqich talabasi, Farg‘ona viloyati
Ochilova Maftuna Omonjon qizi – Urganch shahridagi «Nurli hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati
Yusupov Dilshodbek Ulug‘bekovich – Urganch shahridagi «Diip logistech» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati
Quryozova Shohsanam Ozodboy qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi, Toshkent shahri
Xaliqov Sherzod Yokubjonovich – Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri
Abduxoliqov Bobur Alisher o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi
G‘oyibova Orzugul Umarovna – «Ibrat farzandlari» nodavlat notijorat tashkiloti eksperti, «TOP-100 Uni» loyihasi rahbari
Isroilova Aziza Ilhom qizi – «EPAM Systems» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumot tahlilchisi, dasturchi
Qambarov Asror Avazovich – «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-320» havo kemasi uchuvchisi
Muxtorov Sardorbek Nuroli o‘g‘li – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti
Sabirov Narimon Ruslanovich – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya bo‘limi shifokor-endoskopisti
Soipova Fotima Dilshod qizi – Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi
Tohirjonova Gulruxbegim Alisher qizi – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi
Mavzuga oid

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

23:49 / 10.06.2025
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi

16:29 / 09.06.2025
Jamoa ustunlari: yo‘llanma qo‘lga kiritilishida kimlar qanday hissa qo‘shdi?

16:31 / 28.05.2025