“AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda
2025 yil 14 fevraldagi PQ-62 sonli Prezident qaroriga ko‘ra “AloqaBank” rasman tayanch “Yoshlar banki” sifatida belgilangan. Qaror doirasida amalga oshirilgan asosiy ishlar:

Foto: Aloqabank
• www.yoshtadbirkorlar.uz platformasi 1 apreldan faoliyatini boshladi;
• 12 648 nafar yosh ish bilan ta’minlandi;
• 5 203 ta loyihaga 657,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi, bu esa 7 271 yangi ish o‘rni bilan izohlanadi;
• “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 4 799 nafar (47% — xotin-qizlar) uchun 329 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi;
• “Yoshlar biznesi uchun” krediti shartnoma asosida 404 loyiha uchun 328,5 mlrd so‘m rejalashtirildi;
• Startaplar orqali 1 342 nafar yosh va IshGo.uz orqali 4 035 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi (35% — xotin‑qizlar).
Hozirda “AloqaBank” tizimida 30 yoshgacha bo‘lgan 730 nafar yosh xodim faoliyat yuritmoqda. Bu bank jamoasining 60 foizini tashkil etadi.
“Yoshlar kuni” munosabati bilan 150 nafar faol yosh xodim Toshkent shahriga taklif qilindi. Tashrif doirasida ular:
• Milliy akademik drama teatrida “Adolat fasli” spektaklini tomosha qildi;
• “Shahidlar xotirasi” majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdi;
• Ular ota-onalariga rasman tashakkurnoma taqdim etildi.
Shuningdek, Tashkent City’da joylashgan ofisda innovatsion kutubxona ochildi. 4 500 kitobdan iborat fondda 50% o‘zbek, 35% rus va 15% ingliz tilidagi asarlar mavjud. Kutubxonada elektron va audiokitoblar bepul taqdim etilmoqda.
Bank tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi, unda bank rahbariyati yoshlarga sohaga oid tavsiyalar berdi.
AloqaVentures platformasi orqali 53 startapga 6,3 mln AQSh dollariga teng sarmoya yo‘naltirdi, portfel aksiyalari umumiy 314,8 mln dollar iqtisodiy bahoga ega.
2025 yil 1 apreldan boshlab, har oy bir hududda “Investor kuni” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Joriy yilda bu tadbirlar:
• 28 aprel — Andijon viloyatida;
• 28 may — Qashqadaryo viloyatida;
• 27 iyun — Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

19:00 / 13.05.2025
"Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti" o‘z faoliyatini boshladi

19:00 / 19.09.2024
Aloqa Ventures Royal Taxi va Platma’ni moliyalashtiradi

12:40 / 22.07.2024
O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi

17:00 / 15.07.2024