Jamiyat | 20:32 / 30.06.2025
1063
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Hodisa joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yong‘in o‘chirilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijonda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 30 iyun kuni soat 16:00 da Andijon viloyati FVBga Andijon shahar «Pistamozor» MFY, Bobur shohko‘chasida MAN rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:07 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in o‘chirilgan.

«Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lida harakatlangan DAF rusumli yuk mashinasida yong‘in chiqqandi.

 

Mavzuga oid