Kongress a’zosi Rashida Tlaib G‘azoga yordam fondi moliyalashtirilishini tanqid qildi
«Endi Tramp ma’muriyati bu o‘lim tuzog‘ini 30 million dollar bilan qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Bu genotsid va biz uni moliyalashtirmoqdamiz» - Rashida Tlaib, Amerika Kongressining asli kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan a’zosi.

Rashida Tlaib Foto: AP
Demokratik kongressmen Rashida Tlaib Tramp ma’muriyatining tez-tez tanqid qilinadigan, Isroil-Amerika tomonidan yaratilgan G‘azoga gumanitar yordam jamg‘armasi dasturini moliyalashtirish uchun 30 million dollar ajratilishini ma’qullaganini tanqid ostiga oldi.
Amerika Kongressining asli kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan a’zosi Tlaib ijtimoiy tarmoq orqali o‘z tanqidini bildirib, Isroil armiyasi iyun oyida deyarli har kuni oziq-ovqat izlagan falastinliklarni ataylab o‘ldirganini ta’kidladi.
«Endi Tramp ma’muriyati bu o‘lim tuzog‘ini 30 million dollar bilan qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Bu genotsid va biz uni moliyalashtirmoqdamiz», deb yozadi u.
Tlaib, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning munozarali fond orqali tashkil etilgan gumanitar yordam markazlarida oziq-ovqat izlayotgan falastinliklarning o‘ldirilishiga jim qarab turganini qoraladi.
Davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Tommi Pigott 26 iyun kuni bergan bayonotida G‘azoga insonparvarlik yordami jamg‘armasi uchun 30 million dollar ajratilganini ma’lum qildi. U jamg‘arma faoliyatini «maqtadi» bildirdi va boshqa mamlakatlarni tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Qo‘shma Shtatlar va Isroil ko‘magida tashkil etilgan G‘azo gumanitar yordam jamg‘armasi 27 may kuni «G‘azoda operatsiya boshlaganini» e’lon qildi va yordam deb atalgan yuk mashinalarini jo‘natmoqda.