Xitoylik talabalarni O‘zbekistonda ta’lim olish uchun jalb qilish yuzasidan bitim imzolandi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi rahbariyati, oliy ta’lim muassasalari vakillari va yosh tadbirkorlardan iborat delegatsiya amaliy safar bilan Xitoyning Xaynan provinsiyasida bo‘ldi.

Foto: "Dunyo" AA
Tashrif davomida Sanya, Tsianxay va Xaykou shaharlarida savdo-iqtisodiy, turizm, ta’lim va madaniyat sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi, hududdagi erkin iqtisodiy zonalar hamda mahalliy korxonalarning faoliyati bilan tanishildi.
Tadbirlarning natijasi sifatida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Toshkent shahridagi Adju va Buxoro innovatsiyalar universitetlarining Xitoyning Sian shahrida aloqa ofislarini ochish, Jieji Education kompaniyasi bilan hamkorlikda xitoylik talabalarni mamlakatda ta’lim olish uchun jalb qilish yuzasidan bitimlar imzolandi.
Xaykou shahrida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularning turmush tarzi, ta’lim jarayoni, kelajakdagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid

14:07
Har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi saralanib, dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi

11:08
Xitoy elektr tamoqlarini ishdan chiqaradigan raketaning «yangi turi»ni namoyish etdi

14:40 / 29.06.2025
“IELTS’dan 9 ball, SAT’dan 1600 ball” - Jons Hopkinsdan 380 ming dollarlik grant yutgan Boburjon Baxtiyorov hikoyasi

15:53 / 27.06.2025