Barcha tarmoqlar tayyor turishi kerak. Shiddatli issiq havo oqimi kirib kelmoqda
3–5 iyul kunlari O‘zbekistonda anomal darajaga yaqin issiqlik to‘lqini kutilmoqda. O‘zgidromet ogohlantirishiga ko‘ra, respublikaning katta qismida havo harorati +44 darajagacha, janub va cho‘llarda undan ham yuqori darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Bu kabi shiddatli ob-havo sharoitida avvalo inson salomatligini ta’minlovchi tizimlar oqibatlarga shay turmog‘i lozim. Shu bilan birga shiddatli issiqlik qishloq xo‘jaligi, energetika tizimi, sayyohlik infratuzilmasi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shuningdek, issiqlik ortidan kuchli shamol va chang bo‘ronlari kuzatilishi ehtimoli ham bor. Odatdagidan farqli, bu safar sovuq havo fronti shiddatli shamol bilan birga keladi — shamol tezligi ayrim joylarda soniyasiga 25 metrgacha yetishi mumkin.
Bu darajadagi issiqlik to‘lqini o‘simliklarning vegetatsiya jarayonini keskin susaytirishi mumkin. Ayniqsa, g‘alla, poliz mahsulotlari va uzumzorlar stress oladi. Voha hududlarida kuchli havo qurg‘oqchiligi ro‘y beradi. Paxtachilik yo‘nalishida g‘o‘za gul, shona va tugun hosil ko‘saklari qovjirab to‘kilishi yuz beradi. Bog‘dorchilik yo‘nalishida hosilning oftobdan kuyishi va sifat buzilishining oldini olish uchun to‘r yordamida tik quyosh nurini yalpi radiatsiyaga aylantirish choralari ko‘rilishi maqsadga muvofiqdir.
Sog‘liqni saqlash, energetika va favqulodda vaziyatlarni oldini olish xizmatlari barcha tarmoqlar orqali issiqlik to‘lqinidan himoyalanish, turli sohalarga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishi va ularni barchaga yetkazishi lozim.
Mavzuga oid

11:44 / 30.06.2025
Hafta davomida harorat +43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

19:27 / 25.06.2025
Iyul havosi turlicha bo‘ladi: ob-havo prognozi

13:20 / 23.06.2025
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi

10:45 / 23.06.2025