Jamiyat | 12:09 / 01.07.2025
9615
1 daqiqa o‘qiladi

Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Bu yilgi Haj ibodati paytida kuzatilgan jazirama natijasida surunkali kasalligi bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi. Shuningdek, Hajga noqonuniy yo‘llar bilan borgan yana to‘rt nafar vatandosh ham ushbu mamlakatda olamdan o‘tdi, deya xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: "Dunyo" AA

Qayd etilishicha, O‘zbekiston rasmiylari Hajga yo‘l olgan vatandoshlarning salomatligiga alohida e’tibor qaratib, barcha zarur choralarni ko‘rgan.

Haj ibodati tugaganidan keyin Bosh konsulxonaga 40 nafardan ziyod ziyoratchilar xorijga chiqish pasportlarini yo‘qotgani bois O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilgan.

Umuman, Haj-2025 mavsumida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hoji Haj amallarini ado etdi.

Ularning Saudiya Arabistoniga kelishi 13 maydan boshlanib, 30 mayga qadar davom etdi. Haj ibodatlari tugaganidan so‘ng vatanga qaytishlari esa 12 iyundan boshlanib, so‘nggi guruh 29 iyunda O‘zbekistonga jo‘nab ketdi.

Mavzuga oid