Jahon | 08:37
2341
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil OAV: AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Tel-Avivga bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

OAV xabarlariga ko‘ra, Isroil armiyasi hukumatga o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha kelishuv tuzishni tavsiya qilgan.

Foto: Anadolu Agency

Isroil strategik ishlar vaziri Ron Dermer Vashingtonga bo‘lajak tashrifi chog‘ida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida AQSh tomonidan bosimga duch kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Isroil matbuoti.

Isroil matbuotidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Dermer Vashingtonga tashrifi chog‘ida G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish, arab davlatlari bilan munosabatlarni normallashtirish jarayonini davom ettirish, shuningdek, Ibrohim kelishuvlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan.

Haaretz gazetasi Oq uydagi yuqori martabali manbalarga tayanib, AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi vakillari Dermerga Isroilning G‘azoga hujumlarini to‘xtatish va asirda qolgan isroilliklarni qaytarish bo‘yicha kelishuv tuzishi uchun bosim o‘tkazish niyatida ekanini xabar qildi.

Amerika tomoni, nashrning yozishicha, Falastinning HAMAS harakatini butunlay yo‘q qilish talabini keyinga qoldirish kerakligini ham ochiq-oydin bildirmoqchi.

Yedioth Ahronoth gazetasining ta’kidlashicha, bosh vazir Binyamin Netanyahuning HAMASni to‘liq yo‘q qilish va asirga olinganlarning qaytarilishi maqsadini o‘z ichiga olgan «mutlaq g‘alaba» ritorikasini rad etishi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yaqinlashayotganini ko‘rsatishi mumkin.

Kanal 12 telekanali Isroildagi manbalariga tayanib xabar berishicha, armiya hukumatdan keyingi harakatlarni belgilashni so‘ragan. Ikki variant ko‘rib chiqilmoqda: G‘azo ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish bo‘yicha operatsiyani yakunlash yoki asirdagilarni almashish bo‘yicha bitim tuzish. Telekanalga ko‘ra, harbiy qo‘mondonlik ikkinchi ssenariyni afzal ko‘rmoqda.

Mavzuga oid