BMT: 17 iyundan beri kamida 580 falastinlik yordam olishga uringan paytda o‘ldirildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti «insonparvarlik, xolislik va kamsitilmaslikning asosiy insonparvarlik tamoyillariga mos kelmaydigan yordam yetkazib berishning har qanday usuli» bilan shug‘ullanmaydi.

Foto: Anadolu Agency
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning ma’lum qilishicha, 17 iyundan beri Isroil boshchiligidagi G‘azo gumanitar yordam jamg‘armasi yordam karvonlariga yetib borishga uringan kamida 580 falastinlik halok bo‘lgan.
G‘azodagi voqealar BMT Xavfsizlik kengashi (BMT XK)da muhokama qilindi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining Yaqin Sharq, Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha o‘rinbosari Xolid Xiari a’zo davlatlarga ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil qariyb 80 kundan beri G‘azoga gumanitar va tijorat yordamlarining kirib kelishiga to‘sqinlik qilmoqda. Xiari so‘nggi kunlarda mintaqaga cheklangan yordam kelayotganini, lekin bu yordam g‘azoliklarning jiddiy gumanitar ehtiyojlarini qondirishdan ancha kamligini ta’kidladi.
Bosh kotib o‘rinbosari Isroilni xalqaro huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga va muhtoj fuqarolarga gumanitar yordamning tez va to‘siqsiz o‘tishini ta’minlashga chaqirdi.
Xiari so‘zlariga ko‘ra, 17 iyundan beri Isroil va AQSh boshchiligidagi G‘azo gumanitar jamg‘armasi yordam karvonlariga yetib borishga harakat qilgan kamida 580 nafar falastinlik halok bo‘lgan: «G‘azoda yordam olishga uringan falastinliklarning o‘ldirilishi va jarohatlanishini keskin qoralaymiz. Bu hodisalar yuzasidan zudlik bilan mustaqil tergov o‘tkazilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak».
Mavzuga oid

08:07
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda

07:44
Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi

07:41
BMT: G‘azoda atigi 4,6 foiz foydalanishga yaroqli ekin maydoni qoldi

19:39 / 02.07.2025