Bojxona qo‘mitasi pul evaziga mashinalarni Tojikistonga o‘tkazib bergan shaxslarni fosh qildi
8 nafar shaxs jami 59 ta mashinani haydab, chegara bojxona postlari orqali Tojikistonga o‘tkazib bergan. Ular bu xizmati evaziga har bir mashina uchun 100-200 AQSh dollari olgan. Mazkur mashinalarning barchasi Tojikistonga olib o‘tilib, noqonuniy tarzda sotib yuborilgan. Kun.uz ayni shu jinoiy sxema bo‘yicha bir nechta surishtiruv e’lon qilgandi.

Foto: Videodan kadr
Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan mashinalarni Tojikistonga olib o‘tish va noqonuniy sotib yuborish holati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar fosh etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1982 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaro 9 dona, 1991 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan fuqaro 10 dona, 1998 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan shaxs 5 dona, 1975 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaro 10 dona, 2001 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan shaxs 2 dona, 1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan fuqaro 6 dona, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro 5 dona hamda 1986 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan shaxs 12 dona O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mashinani chegara bojxona postlari orqali olib chiqib ketgan. Mashinalar “Oybek”, “Xovosobod”, “Andarxon” va “Pop” chegara bojxona postlari orqali olib chiqib ketilgan. Ularning barchasi BYD, Volkswagen, Kaiyi X3, Honda, Geometry, Faw ID4 rusumidagi mashinalar bo‘lgan.
Shu tariqa, 8 nafar shaxs jami 59 ta mashinaning har biri uchun 100-200 AQSh dollari haq olgan holda Tojikistonga o‘tkazib berishgan. Aniqlanishicha, mazkur avtotransport vositalarining barchasi Tojikistonda noqonuniy tarzda sotib yuborilgan.
“Fursatdan foydalanib, shaxsiy avtotransport vositalarini boshqa shaxslarga ishonchnoma orqali berishda yurtdoshlarimizni yana bir bor hushyorlikka chaqiramiz.
Agar ishonchnoma asosida berilgan avtotransport vositasini qaytarib olishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki avtomashina O‘zbekistondan olib chiqib ketilgani yuzasidan shubha va gumonlaringiz bo‘lsa, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov organiga topshirilgan.
Kun.uz o‘tgan yilning oxirida Abdulla Abdurasulov ismli shaxs ko‘plab odamlarning mashinasini bo‘lib to‘lash sharti bilan olib, Qozog‘istonga o‘tkazib sotib yuborgani haqida ikki qismli surishtiruv e’lon qilgandi. Abdulla Abdurasulov mashinalarni chegara bojxona postlaridan olib o‘tganini “tamojnidagilar soqqasini bersa o‘tkazaverishi” bilan izohlagan. Biroq Bojxona qo‘mitasi yuzlab mashinalar “Yallama” postidan g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida “xodimlarning aralashgani holati aniqlanmagani”ni bildirgandi.
“Abdulla Abdurasulov ishi”dan yarim yil o‘tib, shu kabi holat yana kuzatildi. Bu safar avtomobillar Qozog‘istonga emas, Tojikistonga olib o‘tib, sotib yuborilgan.
Mavzuga oid

08:38 / 02.05.2025
Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi

09:38 / 16.04.2025
Piskentda avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi

08:18 / 31.03.2025
Uysiz erkak jinlarni haydayman deb, mashinani pachoq qildi

15:20 / 14.03.2025