Jahon | 18:15 / 03.07.2025
1287
2 daqiqa o‘qiladi

Chikagodagi tungi klubda otishma yuz berdi. Uch kishi halok bo‘ldi va 16 kishi yaralandi

Klub oldida to‘xtagan mashinada noma’lum shaxs bazmdan chiqayotganlarni o‘qqa tutgan. Politsiya jabrlanganlar soni o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.

Foto: AP

Chikagoda noma’lum shaxs Artis Lounge tungi klubidan chiqayotgan odamlarni o‘qqa tutdi. Kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi yaralandi, deb xabar beradi CBS News.

Hodisa klub oldida turgan avtomobillardan birining registratori tomonidan qayd etilgan va tarmoqlarda tarqalgan. Qayd etilishicha, otishma yuz bergan kecha klubda reper Mello Buskzz’ning yangi albomi munosabati bilan bazm tashkil etilgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 00:30 larda mehmonlar tarqalishni boshlagan va shu vaqt klub oldida to‘xtagan avtomobildan kamida 16 marta o‘q uzilgan. Politsiya jabrlanganlar soni o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Artis Lounge klubi yaqinda ochilgan. Uning o‘rnida oldin 2022 yil noyabrda yuz bergan otishmadan keyin yopilgan Hush Lounge klubi faoliyat yuritgan. O‘shanda bir kishi halok bo‘lgan va uch fuqaro yaralangan edi.

Mavzuga oid