Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi
Prezident bu qadamni mamlakat milliy xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida baholadi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati
Rossiyaning «Oreshnik» eng yangi gipertovushli ballistik raketa tizimi joriy yil oxirigacha Belarusda joylashtiriladi.
Bu haqda prezident Aleksandr Lukashenko respublika Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ma’lum qildi.
«Volgogradda Putin bilan kelishib oldik. «Oreshnik»ning dastlabki pozitsiyalari Belarusda bo‘ladi. «Oreshnik» qanday ishlashini ko‘rdingiz. Yil oxiriga qadar bu qurol Belarusda joylashtiriladi. «Oreshnik» Belarus tuprog‘ida bo‘ladi», — dedi u.
Lukashenko bu qadamni mamlakat milliy xavfsizligini mustahkamlash harakatlarining bir qismi sifatida baholadi. Uning fikricha, bu suverenitetni himoya qilish va tashqi tahdidlarning oldini olish uchun zarur.
«Oreshnik» — bir nechta jangovar kallaklarga ega Rossiyaning eng yangi ballistik gipertovushli raketasi. U ham yadroviy, ham yadrosiz variantda jihozlanishi mumkin. Raketaning uchish masofasi 5500 kilometrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:31 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi

17:25 / 27.06.2025
YeOII bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi – prezident

22:32 / 26.06.2025