Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlaridan foydalanish qoidalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun mo‘ljallangan kollektorlardan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Hujjat muhandislik-kommunikatsiya kollektorlarini loyihalashtirish va konstruksiyalash tartibini, ularni joylashtirish, ishlatishga bo‘lgan texnik talablarni, shuningdek ta’mirlash ishlarini olib borishni belgilaydi.
Qoidalar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun mo‘ljallangan kollektorlarni yaratish va ekspluatatsiya qilishning barcha bosqichlarida va ular tarkibidagi elementlarni (obektlarni), jumladan ma’muriy-maishiy xonalar, dispetcherlik punktlari, nasos stansiyalari, alohida elektr shit xonalari, avtomatik nasos stansiyalari kameralari, drenaj inshootlari va boshqa obektlarni saqlash kerak.
Shahar va qishloq qurilishi sharoitida muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlarini yaratish va joylashtirishga bo‘lgan umumiy talablar «Qurilishda xavfsizlik texnikasi» shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Xususan, kollektorlarning ichki muhandislik uskunalari quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘i kollektorlarining avariyasiz ekspluatatsiyasi;
- sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq xodimlar xavfsizligini ta’minlash;
- kollektorlar va ulardan o‘tadigan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda mehnat muhofazasi talablariga rioya etish;
- resurslar va energiyadan foydalanish samaradorligini ta’minlash.
Mavzuga oid

18:26 / 10.12.2024
“Superkompyuterlardan ham tezroq” – murakkab muhandislik muammolarini oson hal qiladigan sun’iy idrok ishlab chiqildi

18:20 / 20.06.2024
Davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklar qisqartiriladi

10:26 / 10.02.2023
«Davlat qurishi emas, nazorat qilishi kerak» - 20 yildan beri AQShda ishlayotgan o‘zbekistonlik muhandis

21:51 / 16.11.2022