Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi
Gumonlanuvchi Oltinko‘l tumani hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.

Joriy yilning 4 iyul kuni soat 9:30 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro 1982 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i bilan Andijon shahar O‘rikzor mahallasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayolni bo‘yin qismiga xo‘jalik pichog‘i bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Olgan tan jarohati oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchini ushlash bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari ko‘rilgan.
Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi Andijon viloyati Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.
Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan bo‘lib, tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

18:47 / 30.05.2025
Stadionda janjal «uyushtirgan» shou-biznes vakillariga ma’muriy bayonnoma tuzilib, ish sudga yuborildi - IIBB

12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

19:51 / 02.04.2025