Sport | 23:58 / 06.07.2025
3004
3 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

O‘zbekiston chempionatining 15-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin yakunlandi. Samarqandda «Dinamo» klubi «Nasaf»ni qabul qilib, durang o‘ynadi. Toshkentdagi bahsda esa «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi.

Samarqandda «Dinamo» klubi «Nasaf»ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 85-daqiqagacha samarqandliklar g‘alaba qozonayotgan edi. Biroq Akmal Mozgovoy hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.

Natijada, «Nasaf» ochkolari sonini 33 taga yetkazdi. «Dinamo» esa 29 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi.

Toshkentdagi bahsda «Paxtakor» klubi Flamarion va Sergeyev gollari orqali «Navbahor»ni mag‘lub etdi, — 2:0.

Natijada «sherlar» 26 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. Sergey Lushan shogirdlari esa shuncha ochko bilan 7-pog‘onaga tushdi.

Superliga. 15-tur

«Dinamo» – «Nasaf» 2:2

Gollar: Alibek Davronov, 16 (0:1), Anvarjon Hojimirzayev, 26 (1:1), Marko Stanoyevich, 45+4 pen (2:1), Akmal Mazgovoy, 85 (2:2)

«Dinamo» – Ravshan Yagudin, Ulug‘bek Abdullayev, Jahongir O‘rozov, Jaloliddin Jumaboyev, Oleksandr Kucherenko, Ratinho, Anvarjon Hojimirzayev, Oybek Ormonjonov, Marko Stanoyevich, Sanjar Qodirqulov, Firdavs Abdurahmonov (Mirjahon Mirahmadov, 64, Muhsin Bozorov, 69).

«Nasaf» – Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, G‘olib G‘aybullayev, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Zafarmurod Abdurahmatov, Sharof Muhitdinov, Oybek Bozorov, Sardorbek Bahramov (Suhrob Nurulloyev, 46), Dragan Cheran, Husayn Norchayev.

«Paxtakor» – «Navbahor» 2:0

Gollar: Flamarion, 22 (1:0), Igor Sergeyev, 65 (2:0)

«Paxtakor» – Vladimir Nazarov, Muhammadrasul Abdumajidov, Dilshod Saitov, Muhammadqodir Hamroaliyev, Abdulla Abdullayev, Mahmudjon Mahamadjonov, Sardor Sabirxo‘jayev, Abdurauf Bo‘riyev (Ibrohim Ibragimov, 66), Flamarion (Doston Hamdamov, 76), Bashar Resan, Igor Sergeyev (Brayan Riaskos, 66).

«Navbahor» – Umidjon Ergashov, Saidzamat Mirsaidov (Mirzohid G‘ofurov, 46), Azimjon Ahmedov (Shohmalik Komilov, 46), Sergey Karpovich, Gilherme Gedesh, Ruslanbek Jiyanov (Komiljon Tojidinov, 82), Benjamin Tedi, Alisher Odilov (Navro‘zbek Iminjonov, 73), Abbos G‘ulomov, Zabihillo Orinboyev (Pedro Augusto, 82).

Mavzuga oid