Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

Eron oliy rahbari, 86 yoshli Ali Xominaiy Ashuro kuni munosabati bilan masjidda o‘tkazilgan marosimda ishtirok etdi.
Davlat televideniyesi tarqatgan efirda Xominaiy masjidda yig‘ilgan ziyoratchilarni qo‘l silkib kutib olgani, ular esa o‘z navbatida rahbarni mamnunlik bilan qarshi olgani ko‘rinadi. Bu tadbirda olingan suratlar xorijiy OAVda ham tarqatildi.
Eronning yuqori martabali qo‘mondonlari va yadrochi olimlar o‘ldirilgan 12 kunlik urush davrida Xominaiy «xavfsiz joyda» bo‘lgan. Bild gazetasi ekspertlarga tayangan holda u bunkerdan chiqmaganini yozgan.
U bu vaqt mobaynida faqat maxfiy joylarda tasvirga olingan videomurojaatlar orqali chiqish qilgan. Uning so‘nggi murojaati 26 iyun kuni e’lon qilingandi.
Mavzuga oid

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

09:48 / 03.07.2025
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi

15:28 / 02.07.2025
Eron o‘z yadroviy dasturi bo‘yicha XAEA bilan hamkorlikni to‘xtatdi

21:46 / 01.07.2025