Jahon | 07:11
1778
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 57 mingdan oshdi

24 soat ichida yana 80 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Foto: Anadolu Agency

2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan buyon qurbonlar soni 57 418 nafarga yetdi, deb xabar berdi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi. Birgina so‘nggi 24 soat ichida G‘azo kasalxonalariga 80 qurbon jasadi va 304 yarador olib kelindi.

Falastin ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 18 mart kuni hujumlar qayta boshlanganidan beri Isroil armiyasi 6860 kishini o‘ldirgan, 24 220 kishi jarohat olgan.

G‘azoda urush boshlanganidan beri jami yaradorlar soni 136 261 kishiga yetdi. Jasadlari topilmagan minglab halok bo‘lganlar hamon binolar vayronalari ostida qolmoqda.

Alohida ta’kidlanishicha, 27 maydan buyon «G‘azoga insonparvarlik yordami» jamg‘armasi doirasida AQSh va Isroil homiyligida tashkil etilgan gumanitar hududlarda falastinliklarga nisbatan tizimli hujumlar qayd etilgan. Ushbu hujumlar natijasida 751 kishi halok bo‘ldi, 4 931 kishi jarohat oldi.

Mavzuga oid