O‘zbekiston | 18:43
1525
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

YTH oqibatida bekatda turgan fuqaroga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 7 iyul kuni soat 08:45 larda Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi Megaplanet savdo majmuasi qarshisida haydovchi KIA rusumli yuk mashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilgan.

YTH oqibatida bekatda turgan fuqaroga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mac’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid