Jahon | 22:59 / 08.07.2025
2269
2 daqiqa o‘qiladi

Arxeologlar «misli ko‘rilmagan» xazinani olib ketish vaqtida hujumga uchragan kema qoldiqlarini topdi

Lissabon tomon harakatlanayotgan kema bortida hozirgi hisob-kitoblar bo‘yicha 138 mln dollarlik xazina bo‘lgan.

Foto: Center for Historic Shipwreck Preservation

Cho‘kib ketgan yelkanli kema qoldirlarini o‘rgangan arxeologlar bu Portugaliyaning Nossa Senhora do Cabo kemasi ekanini aniqladi, deb yozmoqda LiveScience.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1721 yil boshida kema Portugaliyaning Goa koloniyasidan chiqqan va Lissabonga yo‘l olgan. Kema bortida o‘z davrining misli ko‘rilmagan xazinasi — oltin yombilar va marvaridga to‘la sandiqlar bo‘lgan.

Kemadagi yukning umumiy qiymati hozirgi davr hisobida 138 million dollardan oshadi. Ammo harakat vaqtida kema kuchli po‘rtanaga duch kelgan, keyinroq esa qaroqchilar hujumiga uchragan. Ular Nossa Senhora do Cabo’ni egallagan va xazinaning barchasi Sent-Mari oroliga ko‘chirilgan.

Amerikaning Tarixiy kemalar halokatlarini o‘rganish markazi tadqiqotchilari 16 yil davomida kema qoldiqlarini o‘rgangan. Arxeolog Mark Agostinning so‘zlariga ko‘ra, suv ostidan 3,3 mingdan ortiq buyum chiqarib olingan. Kema konstruksiyasi, tarixiy yozuvlar va topilmalar tahlili mutaxassislar aynan Nossa Senhora do Cabo’ni topganini tasdiqlagan.

Mavzuga oid