Iqtisodiyot | 12:15 / 10.07.2025
1374
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

O‘zbekistonda chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.

Foto: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

7 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hududida Xitoy Xalq Respublikasining China International Camce kompaniyasi ishtirokida barpo etilishi rejalashtirilgan maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga start berildi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 140 mln AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bu orqali kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Zavod 2025-2027 yillarda qurilib, foydalanishga topshiriladi va unda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ayni loyihalar hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechim va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish, chiqindilarni poligonlarini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash va zararli moddalarning atmosferaga tarqalishini cheklashi bila ahamiyatlidir.

Mavzuga oid