Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi
Omon qolgan qishloq aholisi vaqtinchalik boshpanaga joylashtirilgan va ularga hukumat tomonidan yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Hindistonning Siyati qishlog‘ida it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi, deb yozadi The Independent.
Qayd etilishicha, voqea 30 iyun kuni kechqurun Ximachal-Pradesh shtatining Mandi okrugida sodir bo‘lgan. Tunda besh oylik kuchuk kutilmaganda qattiq akillay boshlagan. Natijada Narendra ismli erkak uyg‘onib ketgan va devordagi yoriqqa ko‘zi tushgan. Shundan so‘ng, u qo‘shnilarini ogohlantirish uchun yugurgan.
It va mahalliy fuqaroning harakati sabab 20 ga yaqin oila uylarini o‘z vaqtida tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Oradan ko‘p o‘tmay qishloq ko‘chki ostida qolgan. Qishloqning omon qolgan barcha aholisi Naina Devi ibodatxonasiga vaqtinchalik joylashtirilgan. Shtat hukumati har bir jabrlangan oila uchun 10 ming rupiy (116 dollar) ajratgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki hafta ichida Mandi okrugida kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilib, ko‘chkilarni yuzaga keltirgan. Tabiiy ofat sabab 150 tadan ortiq yo‘l yopilib qolgan, yuzlar uylar vayron bo‘lgan. NDTV’ning yozishicha, iyul boshidan beri shtatda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

19:02 / 09.07.2025
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

16:48 / 09.07.2025
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

09:40 / 07.07.2025